Trendsizlik ostsillyatori 1980-yillarning boshida Djo DiNapoli tomonidan ishlab chiqilgan va uning "DiNapoli darajalarini ko'llab savdo qilish" kitobida tavsiflangan. Muallifning boshqa indikatorlari kabi Trendsizlik ossillyatori qarorlar qabul qilishning vositalariga – Fibonachchi darajalariga qo'shimcha hisoblanadi, biroq DiNapoli kontseptsiyasiga muvofiq Trendsizlik indikatori mustaqil savdo vositasi sifatida ham foydalanishi mumkin.
Hisoblash formulasi
TrendlessOscilator = close – SMA (7, close)
Savdoda qo'llanilishi
Djo DiNapoli o'z kitobida moliya bozorlarida faol savdo qilishda Trendsizlik indikatoridan foydalanishning asosiy strategiyasini tavsiflab berdi. Tavsiflangan beshta strategiyadan ossillyatordan foydalanishning uchta usuli eng katta qiziqish uyg'otib, ular Trendsizlik indikatori unga o'xshash ossillyatorlar ichida ancha yutug'i katta bo'lgan texnik indikator bo'lib hisoblanishini namoyish etadi.
- Trendless indikatori bitimlarni yopish uchun vosita sifatida foydalanishi mumkin. Agar indikator 70% dan 100% gacha bo'lgan ortiqcha sotib olinganlik darajasiga etgan hollarda bitimni yopish kerak. Aniq daraja kunduzgi grafiklar asosida har bir aktiv uchun yakka tartibda hisoblanadi. Djo DiNapolining o'zi ko'pincha agar indikator Q90% darajaga etganda bitimni yopadi. Indikatori darajasi ortiqcha sotib olinganlikka etganidan so'ng narx sur'atini susaytirishi yoki teskari burishi mumkin.
- Trendless indikatoridan moliya bozorida har qanday bitimni ochish filtri sifatida foydalanish mumkin. Agar bitimni ochish signali Metatreyder uchun Trendless indikatorining Q65% darajadan tepada bo'lishida bitimni umuman ochmaslik tavsiya etiladi, chunki narx noaniq narx o'zgarishlari bosqichida bo'lishi mumkin. Djo DiNapoli keyingi savdo kunini kutishni (intradey savdo qilishda) tavsiya etadi, agar signal hali ham saqlanib qolgan bo'lsa, u holda Trendless indikatorining darajasiga yana qayta ko'rish tavsiya etiladi.
- Volatillik indikatori kabi Trendless ostsillyatoridan o'zgaruvchanlikni to'plash va keyingi narx sapchishini (volatillikning chayqalishini) ko'rsatuvchi indikator sifatida foydalanish mumkin. Agar indikator uzoq vaqt 0% daraja atrofida turib qolsa, u holda bozorda katta kuchdagi quvvat to'planishi shakllanadi, bu pirovardida narxning keskin harakatlarnishiga olib keladi. Bunday vositalardan bitim uchun dolzarblikning ko'rsatuvchi tayming sifatida foydalanish zarur.