S_RoC ostsillyatori Fred Shusman (Fred G Schutsman) tomonidan ishlab chiqilgan va Aleksandr Elderning “Birjada qanday o'ynash va yutish kerak” nomli kitobida mufassal tasvirlangan edi. Mazkur indikator RoC ostsillyatorining qayta ishlangan versiyasi hisoblanadi: S_Ros ikki eksponentsial o'zgaruvchi o'rta qiymatlarni taqqoslashga asoslangan.
Hisoblash formulasi
S-RoC = EMA(N)/EMA(N – K)*100, где
N — davrlar soni;
K — silliqlash koeffitsienti.
Savdoda qo'llanilishi
S_RoC ostsillyatori texnik tahlilning eng oddiy ostsillyatori bo'lib hisoblanadi, u qo'llanishda oddiy va mantiqiy signallarni shakllantiradi, bu signallarni treyder narxlarning burilishlarida savdo qilishda ko'proq foydalanishlari mumkin. Shu nuqtai nazardan indikator trendli bozorlardan ko'ra trendsiz Forex bozorida savdo qilish uchun ko'proq to'g'ri keladi, chunki yaqqol ifodalangan yo'naltirilgan harakat jarayonida S_RoC katta miqdoridagi yolg'on signallarni shakllantirishi mumkin.
S_RoC metatreyderi uchun indikator polosasining o'sib borishda narxlarning ko'tarilishi tezlashishi to'g'risida fikr yuritish mumkin, bunga mos ravishda indikator polosasi pasayganda esa - o'sish sur'atlarining tushib ketishi haqida fikr yuritish mumkin. S_RoC indikator chizig'i burilganda yo'nalishning o'zgarishiga tayyor bo'lib turish zarur.
Shunday qilib S_RoC ostsillyatori yoki buqa yoki ayiq bozorida katta yo'nalishlarni aniqlashga imkon beradi. Shu munosabat bilan S_RoC indikator uzoq muddatli an'analarning yo'nalishini ko'rsatuvchi indikator sifatida qo'llanilishi mumkin va savdoni uning yo'nalishida qurish zarur.
Indikatorning mustaqil signallariga kelsak, ularga quyidagilar kiradi:
- Agar S_RoC indikator chizig'i 0 darajadan pastda bo'lganda va yuqoriga qarab burilayotganida aktivlarni xarid qilish kerak.
- Agar S_RoC indikator chizig'i 0 darajadan yuqorida joylashganda va pastga qarab burilgan holatda aktivlarni sotish zarur.
- S_RoC indikatorda divergentsiya/konvergentsiya signali davriy ravishda paydo bo'lib turadi. Bu signal juda muhimdir, chunki katta kuchga ega. Undan savdoda foydalanish zarur.
InstaForex S-ROC indikatorining parametrlari
MA_Period = 13
ROC_Period = 21