empty
 
 

"Zinasimon chuqurlik", yoki Ladder Bottom – buqa trendi bo`yicha burilish modeli, tasdiqlashni nazarda tutadi.

Grafikda qora kunlarda uch kun ketma-ket pasayuvchi narxlarning yopilishi kuzatamiz. To`rtinchi sham bozorda ochilish narxidan yuqorida savdo qilayotgani ko`rsatadi. Figura aniq ayiq bozoridan so`ng paydo bo`ladi va bozor yangi minimumda yopilishiga qaramay sotib oluvchilarda kuchlarning mavjudligini tasdiqlaydi. Keyingi kun narxida yuqori tomonga uzilish yuz beradi, narxlar orqaga qaytmaydi. Keyingi kuni yopilish oxirgi ikki kundan ancha yuqorida yopiladi.

Modelni qanday aniqlash mumkin?

1. Ochilish va yopilish narxlari ketma-ket pasayuvchi narxlar bilan uchta uzun qora shamlarni ko`ramiz. Model "Uchta qora qarg`a"ga o`xshaydi.
2. To`rtinchi sham yuqori tomonga soyali qora rangda.
3. Oxirgi sham oq, ochilish narxi undan oldingi sham tanasida yuqoriroqda joylashgan.

Modelni paydo bo`lishi

Ma`um muddat bozorda pasayuvchi trend egalik qildi, ayiqlar yaxshi kayfiyatda bo`lishdi. Narxlarning katta pasayshidan so`ng ochilish narxlari ochilish narxidan o`sdi va avvalgi kunning maksimal nuqtasigacha deyarli yetib qoldi, lekin keyin bozor sessiyani yangi minimumda yakunladi.

Bozordagi bunday dinamika odatda bozor hamma vaqt pasayishini tushunadigan qisqa pozitsiyali treyderlarni jalb qiladi. Natijada o`yinchilar o`zlarining qisqa pozitsiyalarini o`ylaydilar, va agar foyda ularni qondirsa, unda ular keyingi kunda bu pozitsiyalarni yopadilar. Aynan bu amallar keyingi kunda narxlarni yuqoriga tomon uzilishga va yanada yuqoriroq narxda yopilishga undaydi. Oxirgi kunda katta hajmdagi savdo operatsiyalari trend yo`nalishini o`zgartirganidan dalolat beradi.

Modelning qurilish variantlari

Modelning to`rtta qora shamlari uzun ham, qisqa ham bo`lishi mumkin, lekin yopilish narxlari har doim qadamba-qadam pasayishi kerak. Oxirgi sham - har doim oq, uzun ham, qisqa ham bo`lishi mumkin, lekin bu kunning yopilish narxi har doim avvalgi kun maksimal ekstremumidan balandi.

Modelning shakl almashinishi

"Zinasimon chuqurlik" figurasi buqa trendi bilan tavsiflanuvchi "Bolg`a" figurasiga shakl almashadi.

Yaqin modellar

"Zinasimon chuqurlik" huddi "Yashirinuvchi qaldirg`och" modeli kabi shakllanadi. Figuraning birinchi uchta shami "Uchta qora qarg`a" bilan o`xshashligi bor, lekin mazkur holatda bozorda ayiq trendi kuzatiladi.

Zinasimon chuqurlik

Yuklab olish


Ro'yxatga qaytish
Hozir telefon orqali gaplasha olmaysizmi?
Savolingizni bering chatda.
Обратный звонок