"Keltner kanallari" texnik indikatori 1960-yillarning o'rtalarida Chester Keltner tomonidan ishlab chiqilgan va uning "Tovar bozorlarida qanday qilib pul topish kerak" kitobida taqdim etilgan. Keyinchalik u mashhur treyder Linda Bredford Rashke tomonidan zamonaviylashtirilib, u "Keltner kanallari"ni ma'lumotlarning katta miqdorini tahlil qilish imkoniyati bilan to'ldirdi. Hozirgi vaqtda savdoda indikatorning aynan shu varianti foydalanilmoqda.
Hisoblash formulasi
KC Middle = MA(Price, n, Type),
KC Upper = KC Middle + MA(ATR, n, Type) * Dev,
KC Lower = KC Middle - MA(ATR, n, Type) * Dev, где
Price — joriy davrning (ochilish, yopilish va sh.k.dagi) narxi ;
ATR — haqiqiy diapazon;
Dev — og'ishlarning ko'paytmasi.
Savdoda qo'llanilishi
"Keltner kanallar" trend indikatori xossalariga ko'ra "ekstrimal" narx qiymatlarini hisobga oluvchi "Bollindjer tasmalari", "Donchian kanali", "Silver Channel" va boshqa ko'pgina shu kabi mashhur texnik indikatorlaga o'xshashdir.
Ko'rib chiqilayotgan indikatorda aktivni xarid qilishga yoki sotishga signallar uzoq vaqt shakllangan kanal ichida harakatlanib, uning chegaralaridan tashqariga chiqadigan narxlarni vujudga keltiradi. Shu munosabat bilan tegib o'tishga kirish uchun eng qulay payt signalni shakllantirgan sham tanasi bilan Keltner kanalining yuqori yoki quyi chegarasini to'liq qoplab oladigan vaqt hisoblandi. Bu holda katta miqdordagi yolg'on signallardan qutulish mumkin, bunda tananing o'lchami va shaklining ahamiyati yo'q, muhimi teshib o'tish shamning to'liq tanasi bilan amalga oshirilishidir.
Katta taymfreymlar bilan savdo qilish uchun tanlov – "Keltner kanallari" bilan samarali treydingni amalga oshirishning shartlaridan biridir: vaqt kesmasi kamayganda kanal chegaralarini teshib o'tishda shakllanadigan yolg'on signallar katta miqdorda o'sib boradi, bu esa natijalarga salbiy ta'sir ko'rsatadi. Ishning eng optimal varianti mazkur texnik indikatorning H1dan yuqori taymfreymlarda qo'llanishi hisoblanadi.
"Keltner kanallari"dan foydalanishga yana bir muhim talab narxning kanallar diapazonini teshib o'tganda yuzaga keladigan signallarni filtrlash hisoblanadi. Shu munosabat bilan mazkur indikator filtrlashning eng yaxshi metodini tanlab olish uchun juda sinchiklab testdan o'tkazishni talab etadi, biroq eng yaxshi variantlardan biri trending kuchini ko'rsatuvchi keng tanish bo'lgan ADX indikatorini "Keltner kanallari" bilan birga foydalanish hisoblanadi:
- agar kanalning yuqori chegarasini teshib o'tishga signal shakllansa va ADXning qiymati 30 darajadan yuqori bo'lsa, u holda aktivni xarid qilish zarur;
- agar kanalning quyi chegarasini teshib o'tishga signal shakllansa va ADXning qiymati 30 darajadan past bo'lsa, u holda aktivni sotish zarur.
"Keltner kanallari" indikatori pozitsiyalarni yopish paytini aniqlash uchun natijasi ancha kamroq bo'lgan metod hisoblanadi, buning oqibatida u bitimlarni ochish uchun mo'ljal sifatida foydalanishga tavsiya etilgan.
InstaForeks Keltner Channel indikatorinng parametrlari
MA_period = 10
Mode_MA = 0
Price_Type = 5