empty
 
 

Tavsifi

Chaykin ossillyatori (CHO) Larri Vilyams tomonidan taqdim etilgan Yig'ilish/Taqsimlanish (Accumulation/Distribution yoki A/D) indikatori asosida tahlilchi Mark Chaykin tomonidan ishlab chiqilgan. Mohiyatiga ko'ra Chaykin ossillyatori MACD indikatoridir, lekin asos sifatida narxning qiymatlari emas, balki A/D ko'rsatkichlari olinadi.

Hisoblash formulasi

  • Birinchi navbatda Accumulation/Distribution indikatori hisoblanadi:

    AD = {[(Close – Low) – (High – Close)] / (High – Low)}*Volume

  • Keyin Chaykin ostsillyatori hisoblanadi:

    Chaikin Oscillator = SMA(AD, m) – SMA(AD, n),


bu yerda m – o'rtachani katta tartibi, n – o'rtachaning kichik tartibi.

Savdoda qo'llanilishi

Mazkur indikatorning klassik qo'llanilishida bitimlar nol darajaga nisbatan ossilyatorning chizig'i yo'nalishida bitimlarni ochishdir. CHO 0 darajadan ko'tirilishi o'suvchi narx oqimini shakllanishidan xabar beradi. Bu holatda, sotib olishga bitimlarni ochish tavsiya etiladi. Agar indikator qiymatlari 0 dan pastga tushsa, odatda, narx kelgusida tushishni davom ettiradi.Natijada, savdoda ayiq tomoniga o'tish kerak.

Texnik tahlilning katta qismiga o'xshab, Chaykin ossillyatori narx grafigiga nisbatan buqa va ayiq yig'ilishi/tarqalishini shakllantiradi. Bunda, mazkur xususiyatdan foydalanishda divergensiya va konvergensiyaning ko'pgina holatlarida Chaykin indikatorida 2 yoki 3 ketma-ket dinamik harakatlardan iboratligi inobatga olish kerak. Bu qoida bozorda etarli daradaja ishlamaydigan kam bo'lmagan alohida signallarni filtrlash imkonini beradi.

CHO indikatorini ko'llanishining eng qiziq usullaridan biri bu Chaykin ossillyatori grafigiga nisbatan 1 barga o'ngga surilgan o'rtacha sirpanuvchi (SMA, 3) bilan uni qurish va bozorni kompleks tahlil qilish xisoblanadi.

Mazkur yo'lni qo'llashda agar narxning mumkin bo'lgan tushishi to'g'risida borsa o'rtacha sirpanuvchini indikator chizig'i bilan yuqoridan pastga kesishib o'tishiga, va aksincha, chiziqlar pastdan yuqoriga kesishsya narxning o'sishi mumkinligiga e'tibor berish kerak. Mazkur signal bu holatda ilgarilab boruvchi bo'lib hisoblanadi. Biroq, u aldamchi bo'lishi mumkin, agar ossillyatorda dastlab divergensiya/konvergensiya hosil bo'lmagan bo'lsa.

Qo'shimcha filtrdan foydalanish signallarining sonini kamayishiga qaramay signalarni tanlanishi yaxshilaydi.

Chaykin ossillyatori

InstaForeks CHO indikatorining parametrlari

Slowperiod = 10

Fastperiod = 34

TypeSmooth = 0

SMAPeriod = 3

SMAshift = 1

Yuklab olish


Ro'yxatga qaytish
Hozir telefon orqali gaplasha olmaysizmi?
Savolingizni bering chatda.
Обратный звонок