empty
 
 

Miss Insta Osiyo 2010 tanlovining yakunlari

2010 yilning 1 sentabrida 2009 yilning kuzida boshlangan Miss Insta Osiyo go`zallik tanlovi yillik marafoni o`z nihoyasiga yetdi. Bu davrda tanlovda butun dunyodan 500dan ortiq qizlar ishtirok etishdi, 100 000dan ortiq kishi tanlov saytining foydalanuvchisiga aylanib unga tashrif buyurishda.

Tanlov geografiyasi uni o`tkazish boshlangandan birinchi kunlarda Osiyo qit`asi chegaralaridan ortib ketdi. Tanlovda Malayziya va Hindistondan tortib AQSh va Kanadagacha dunyoning 46 mamlakatidan qizlar ishtirok etishdi. Bundan tashqari, tanlovning saytida Siz Avstraliya, Yamayka, Peru va hatto Yamandan qizlarning profayllarini topishingiz mumkin.

Tarmoq shakli bo`lishiga qaramay, tanlov katta mashhurlikka erishdi. Jumladan, misol uchun tanlovning ishtirokchilari va foydalanuvchilari tomonidan turli ijtimoiy tarmoqlar, bloglar va mikrobloglar (Twitter)da ko`p sonli guruhlar tashkil etildi. Yuqori o`rinlarni egallagan ishtirokchilar to`g`risida mahalliy matbuotda materiallar chop etildi, bu tanlovga katta qiziqishdan dalolat beradi.

Miss Insta Osiyo go`zallik tanlovining o`tkazish tajribasidan - butun dunyodan ishtirokchilarning katta miqdori; foydalanuvchilarning yuqori darajadagi qiziqishi; tanlovni tarmoqdagi mashhurligidan kelib chiqib tanlov ma`muriyati tomonidan tanlovning ikkinchi mavsumini ishga tushirish haqida qaror qabul qilindi, u 2010 yilning 1 oktabridan 2011 yilning 1 oktabriga qadar bo`lib o`tadi.

Tanlovning yakunlariga kelsak, 2010 yilning sentabrida tanlovning uchta asosiy g`oliblari aniqlandi va ular 30 000 dollar miqdoridagi sovrin jamg`armasini bo`lishib olishdi.

Rasmiy saytning 2010 yil uchun tanlov yakunlari sahifasida Siz to`liq yakunlar bilan tanishingiz va tanlov g`oliblari bilan video-intervyuni ko`rishingiz mumkin.

loader

Miss Insta Osiyo Irina Mitina vakili

Ilana Lupach
Vitse-miss Insta Osiyo


Bo'lib o'tgan tanlovlarning natijalari:
Hozir telefon orqali gaplasha olmaysizmi?
Savolingizni bering chatda.
Обратный звонок